Hi, Guest!
Home
Login
》 Sekis video
Library | Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh
1 2 >>

Moxim... 10-qism. By Rea1ist

Added:admin_bot (23.01.2019 / 01:28)
Rating:rating 5333 article (0)
Reads:305
Comments:Comments are closed
Sardor direktor kabineti tomon ketar ekan hayolidan shu gaplarni o`tkazdi. Kotibaning "kiravering" degan gapidan so`ng Sardor oq rangli eshikni ikki bora taqillatib uni ochdida, direktor xonasiga kirdi. Kiriboq Sardorning ko`zi tanlovda undan keyingi o`rinlarni olishgan direktorning qarshisidagi kursilarda ancha bemalolgina o`tirgan ikki musavirga ko`zi tushdi. -Keling Sardorbek, keling. Mana bu yerga o`tiring. Direktor Sardorni o`tirgan joyidan turganicha quyuq tavoze bilan qarshi oldi. Hammalari Sardor bilan salom-alikni joyiga qo`yishib yana o`z joylariga o`tirishdi. Direktor hamma aytilgan odamlar yig`ilganidan so`ng bir yo`talib qo`ydida tilga kirdi. -Xullas o`n bir kundan keyin Ostonada xalqaro yosh rassomlar ko`rik tanlovi o`tishi kutilmoqda. Siz uchchalangiz davlatimiz sharafini himoya qilasizlar. U yerda sayyoramizning turli nuqtalaridan kelgan yosh qalamkashlar bilan bellashasizlar. Raqobat juda kuchli. Muhimi g`alaba emas, ishtirok. Lekin g`alaba ham zarar qilmaydi. Direktorning bu gapidan so`ng oraga yengil kulgu oraladi. -Barcha sarf-xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Qolgan masalalar, borish-kelish, hujjatlar bilan sizlarni kotibam tanishtiradi. Endi esa menga ruhsat. Vazirlikdagi yig`ilishga borishim kerak. Nigina... -Labbay Mirmuxsin Taxirovich, chaqirtirdizmi? -Xa marhamat kiring. Niginaxon sizlarga boshqa masalalar bo`yicha yordam beradi. Tushunmagan joylaringizni bemalol so`rayveringlar... men esa ketdim. Direktor oxirgi gaplarini aytganicha, bo`yinbog`ini to`g`irlagan kishi bo`lib xonadan chiqib ketdi. Kotiba qizdan kerakli maslaxatlarni olgan yigitlar u yerdan chiqib ketishdi. Oliygoh chiqish darvozasidan chiqib ketishgacha bo`lgan masofa ichida bir-birlari bilan tanishib olishdi va ketish oldidan uchrashib olishishga kelishib olishdi. Tashqariga chiqishgan uch ovlon xayr manzurni o`xshatishib har tarafga tarqalishdi. -Bir hafta... Keyin Qozog`izton poytaxti bo`lmish Ostonadamiz... Xmmm... Oliygoh chiqib uyi tomon ketayotgan Sardorning ko`nglidan Ostonaga borish safari xayolidan ketmadi. Uni tanlov zarracha ham o`ylantirmas, aksincha Moxichehrasiz o`tadigan o`sha bir hafta qiynar edi. Yo`l bo`yi o`ziga-o`zi gapirib kelgan Sardor uyi ostonasiga kelib hayoli joyiga keldi. Uyga kirar ekan xorg`in kayfiyatda eshikni ochdi. Ishtaxasi ham bo`lmay tushlikda aytarli hech narsa yemadi. -Sardor Knyaz (direktorning laqabi) nega chaqirtiribdi? Tinchlikmi? Idish-tovoqlarni yuvayotgan holida do`stiga savol berdi Jasur. -Tinchlik... Bir haftadan keyin Ostonaga ketar ekanmiz, shunga chaqirtiribdi. -Iyeee, bu zo`r yangilikku. Kechga nishonlaymiz. Xa nima deding. Xa bu deyman bizning Majnun Laylisini tashlab ketmoqda... shunga qovoqlaridan qor yog`moqdami? Ko`pgamasku... U yerda seni kelajak orzu-havaslaring kutmoqda... Xa degancha o`z xonasiga kirib ketgan Sardor hech nimani o`ylashni istamay yotog`iga yotganicha uyquga ketdi. Sardor kechga yaqin uyqusi ochilib soatga qarardi. Soat kechgi beshga yaqinlashib qolibdi. Yotgan joyidan qo`llarini yozgancha o`rnidan turdi. Qo`l telefonini olib Moxichehra bergan uy telefon raqamiga qo`ng`iroq qildi. Uncha uzoq kuttirmagan qo`shni tomondan "alo eshitaman"-degan sevganining ovozini eshitganidan Sardor biroz hayajon aralash o`zini tanishtirdi. Telefondagi o`n daqiqalik suhbat yakunida birozdan so`ng uchrashuvga kelishib olishdi. Sardor xursand kayfiyatda o`rnidan turar ekan, avvaliga yuvinib oldi so`ngra kiyimlari turgan shkafni ochib yoz fasliga monand yengilgina oq rangli futbolka, pastiga issiq tortmaydigan jinsi shimni kiyib oldi. Badaniga birmuncha yopishib turgan futbolka uning baquvvat mushaklarini bor bo`yicha ko`rsatib turardi. U negadur o`ziham bilmaydi, o`zini Moxichehraga ko`z-ko`z qilgisi keldi. Xidi unchalik o`tkir bo`lmagan atridan bir-ikki sepib xonasidan chiqdi. Uyning ichini bir aylanib chiqib Jasurning yo`qligiga ishonch xosil qildi. Zaxira uy kaliti olib, "makasina"sini oyog`iga ildirganicha ko`chaga, sevganini oldiga oshiqardi. Bu vaqtga kelib Jasur kayf-u safo qilish bo`yicha o`rtoqlari bilan navbatdagi ko`ngilxushlik bazmida ayshini surmoqda edi. Oppoq, bejirimgina, tanasini tizzasiga qoblab olgan ko`ylak atlas matosi bilan uyg`unlashtirilgan bo`lib Moxichehrani yanada go`zalroq qilib ko`rsatardi. Sardor uzoqdan uni ko`rib sevinchi ichiga sig`may ketdi. Shartda borib uni quchgancha mahkam bag`riga bosgisi, bo`salar hadya qilgisi keldi. Lekin uning bunday qilishiga,odamlar orasida sevgilisi noqulay ahvolga solib qo`yishiga ko`ngli bormadi. Quyuqgina salom-alikdan keyin Sardor sevgilisini qo`lidan ushladi. Qiz bunga qarshilik bildirmadi. Qaydan ham qarshilik bildirsin, butun jism-u joni bilan unga talpinar edi. Andisha, o`zbekona andishalik o`z kuchini ko`rsatmoqda edi. Yetarlicha hiyobonni sayr qilib aylanishgan ikki yosh u yerdagi o`rindiqlardan biriga cho`kishdi. Qiz mayin tabassum bilan oppoq qo`lini yigitga cho`zdi. Yumshoq barmoqlar tafti yigit kaftiga cho`g`dek tegib, a`zoyi badani jimirlab ketdi. "Naqadar ko`rkam, latofatli!" Moxichehra o`tkir, charos ko`zlarini jovdiratganicha yigitga tikilib nafis jilmaydi-da, birdan sehrlangandek uning so`lim chexrasiga suqlanib termulib qoldi. Sardor ham undan nigohini uzolmasdi. Shu onda ikki chanqoq yurak allanechuk o`ynoqlab beorom urar, ikkisi qalbida ham totli va qaynoq hislar jo`sh urardi. Ikki yoshning chaqmoq nigohi bir-biriga tez-tez samimiy qadalar, ko`zlari sho`x bir mehr bilan porlardi. Ikkalasi quvnoq va samimiy so`zlashardi. Qo`lini Moxichehrani yelkasidan o`tkazib o`zi tomon yaqinroq tortib, sekingina gap boshladi. -Men bir haftaga Ostona shahriga ketayapman. Sardorning bu gapi Moxichehraning yuzini o`zi tomon qaratdi. -Sizga omad tilayman. Xudo xoxlasa u yerdan g`olib bo`lib qaytasiz... Garchi ketishini sira istamasada, sharoit shuni taqazo qilayotgani ma`lum edi. -Bir haftadan so`ng. Menga qolsa sen tashlab hech qayoqqa ketmasdim. Nachora boshimizda shu savdolar ham bor ekan. -Atigi bir hafta... Zum o`tmay yana qaytib kelasiz. -Xa bir hafta, lekin shu bir hafta men uchun asrday tuyulsa kerak... Quyoshning ohirgi shulalari ham ko`rinmay qolganiga ham ancha vaqt bo`ldi. -Bo`ldi Sardor aka uyga qaytishim kerak, yo`qsa uydagilar havotir ola boshlashadi. Moxichehraning oxirgi gapi ikki yoshni o`rnilaridan turishiga da`vat etdi. Bir-birlaridan ajralishni istashmagan bu yoshlar Moxichehra turadigan bino yonida xayrlashishdi. Soat kechgi to`qqiz. Sardor uy kirish eshigini o`z kaliti bilan ochar ekan Jasurning xaliham uyga kelmaganini ko`rdi. Kiyimlarini almashtirib, yuz-qo`lini yuvib biroz ochiqqan qornini to`ydirish, yengilgina tamaddi qilish maqsadida oshxonaga kirdi. Qornini to`qlagach mehmonxonaga o`tib u yerdagi divanga yonboshlagancha televizorni yoqdi. Ko`zlari televizorga qarasada hayoli boshqa joyda, har doimgidek sevgilisini qidirib uzoq-uzoqlarga ketib qolgandi. Oradan o`tgan bir soatlar ziyotroq vaqt o`tib
Download txt | fb2
1 2 >>
Home
0 / 20
waplogFireTop.su.EroTop.mobi