Hi, Guest!
Home
Login
》 Sekis video
Library | Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh
1 2 >>

Moxim... 5-qism

Added:admin_bot (23.01.2019 / 01:27)
Rating:rating 5326 article (0)
Reads:162
Comments:Comments are closed
Dars davomida Sardor ming xil xayollar iskanjasida o`z-o`zini yeb adoyi tamom qildi. -Xa Romeo... Balki turarsiz, dars tugaganiga besh daqiqacha bo`ldi. Jasurning gaplaridan xushi o`ziga kelgan Sardor oyoqlari uvushib qolganidan ularni silkita-silkita zo`rg`a o`rnidan turdi. -Ketdikmi uyga... -Sen boraver, meni bir-ikkita qiladigan ishlarim bor. -Qanaqa ish, uchrashuvim bor deb qo`yaqol. -Xa shunaqa, endi ko`ngling joyiga tushdimi? Jasur unga yaqin keldida cho`ntagiga bir dasta pulni solib: -Cho`ntagida xemiri yo`qku, yana bu kishim uchrashuvga chiqarmishlar. Ikkalasi tortisha-tortisha o`quv binosidan chiqishdi. Katta darvoza yonida Mohichexra Sardorni kutib turardi. -Qiz bolani kuttirish yaxshi emas degan senmiding kecha. Bor endi strapila seni ancha kutib qolibdiku. Shu gaplarni aytib Jasur do`stini yelkasidan bir turtganicha yugurib uy tomon qadam soldi. Darvozadan chiqar ekan Moxichehra unga salom berdi. Jasur unga bir jilmayish va salomiga alik oldida yo`lida davom etdi. Sardor uzoq kuttirmagan holda Moxichehraning oldida paydo bo`ldi. Ko`zlar ko`zlarga, nigohlar nigohlarga tushdi. Ikki yosh bir-birini o`rgandi. Ikkisi ham o`zicha o`ylardi. Moxichehraning qarashlariga Sardorning ortiq kuchi qolmadi. -Ketdikmi... degancha o`rtadagi sukunatni buzdi. -Vay bor ekansizu, men sizni soqov bo`lib qolibdimi deb o`ylayotgandim. Agar yana biroz shunday turganimizda o`zim sizni oldimga solib olib ketmoqchiydim. Bunday gaplarni eshitishini kutmagan Sardor qizning bunday muomilasidan hayratda qoldi. Uning o`zini tutishi boshqa qizlarga umuman o`xshamas edi. Bir qarasang sipo, kamsuqumgina, bir qarasang yosh bolalarday samimiy va beg`ubor, xushchaqchaqligini aytmaysizmi. Moxichehra tinmay allaqanday mavzularda gapirar, Sardor uni maroq bilan eshitib ketardi, garchi gap nima haqidaligiga unchalik e`tibor bermasada. Uzun yo`lak tugab qay tomon yurishga ikkilanib qolgan qiz Sardorga qarab: -Xo`sh Sardor akasi bu yog`iga yo`l boshlang. Qo`qqisdan aytilgan bu gapdan Sardor biroz o`zini yo`qotdi. Tezlikda o`ziga kelib bir vaqtlar o`zi ishlagan kafeni mo`ljal qilib katta yo`ldan taksi to`xtatdi. Uzoq kuttirmay uning oldiga bir mashina kelib to`xtadi. Sardor unga borar manzilni aytib yo`l haqi hisob-kitobini rostlagach Moxichehraga imo qildi. Ikki yoshni taksi mashinasi aytilgan joyga uncha ko`p bo`lmagan vaqt ichida olib kelib tashladi. -Kichkina bo`lsada ancha yaxshi joyda joylashgan ekan. Xo`rrandalari ham shunga yarasha. -Xa nimasini aytasiz Moxichehraxon. -Vay vo sal qolsa ismimni bir dostonga aylantirvoray dedingizu. Shunchaki Moxi deb qo`yaqoling. -Men bu joyda ilgari ishlaganman. Yaxshi joy bo`lgani uchun bu yerga sizni taklif qildim. -Xa shunaqami, buni ko`ramiz... Xaqiqatdan ham kafe yaxshi joyda joylashgan edi. Shaharning qoq markazida Katta san`at saroyining yonginasida, qarshisida so`lim hiyobon. Havo birmuncha issiq bo`lgani uchun ikkisi ham ichkarida o`tirishni maqul ko`rishdi. Ichkarida tashqaridan ko`ra ancha salqin, odamga xush yoqadigan harorat hukmron edi. Deraza qarshisidagi ikki kishilik joy bo`shligini ko`rib Sardor sevgan yori Moxichehraga o`sha joyga o`tiramizmi ishorasida ko`z imladi. Qiz Sardorning ishorasini tushunganday imo qilgan joy tomon qadam bosdi. Ofitsant qiz ularni o`tirishini kutib turganday zum o`tmay ularning oldida paydo bo`ldi. Ofitsant avvaliga bu ikki yosh xo`rrandaga xushkayfiyat bilan tavoze ko`rsatib ikkita taomlar yozilgan menyuni ularning qarshisiga qo`ydi. O`ziga yeyishi uchun kerakli bo`lgan taomlarni buyurib bo`lgan Sardor qarshisida taomga buyurtma berishga qiynalayotgan Moxichehraga yordamlashib yubordi. Buyurtma qabul qilib bo`lgach qiz ikki yoshni yolg`iz qoldirib buyurtmani olib kelishga ketdi. Sardorning bu vaqtga kelib butun tanasi ko`zga aylangan bo`lib Moxichehraga diqqat bilan razm solardi. Qaragani sayin yana qaragisi kelaverardi. -Bu yerga ko`p qizlarni olib kelgandirsiz, har holda men birinchisi bo`lmasam kerak? Bu gaplarni aytayotgan Moxichehraning yuzida hech qanday o`zgarishni ko`rmagan Sardor qisqagina javob qaytardi. -Sen birinchisisan... -Yog`e aldamang Sardor aka, singilni aldash yaxshi ish emas. -Singil...? Sardor hayratomus nazar tashladi qarshisidagi parivashga. -Xa nima, menimcha aka-singil bo`ldik, yo singlingiz bo`lishimni istamaysizmi? Moxichehradan bunday munosabatni kutmagan Sardorning dili g`ashlandi, yuragi nola qilar edi. Sevgan yori unga aka-singillik rishtasini taklif qilayotgani unga yoqmayotgandi. Undan butunlay ayrilib qolishni istamagan Sardor noilojgina taklifni qabul qildi. -Yo`q, nega endi istayman. Shunday qiz singlim bo`laman desayu men yo`q deymanmi. Sardor yuziga o`zi istamagan holda soxta tabassum yugurtirdi. Yuzi kulsada qalbi yig`lardi. Ichida o`ylay boshladi... sevgan yori bordir yo bo`lmasam kimnidur yoqtirar, balki unashtirilgandir. Ichida yangrayotgan bu javobi yo`q savollar xech bir alangasiz ichini yondirmoqda edi. Sardorning bunday o`tirish holatini qo`lida patnos ko`tarib kelgan ofitsant qizning gapirgan gapi buzib yubordi. -Mana buyurtmangiz. Ofitsant qiz taomlarni stol ustiga chiroyli tarzda qo`ygan holda gapida davom etdi. -Yana biror narsa kerakmi, kamchiliklar yo`qmi? Sardorning hammasi joyida minnatdorlik ohangidagi gapidan so`ng qiz ularni tark etib boshqa mijozlari tomon ketar chog`ida -Sizlarga yoqimli ishtaha,kerak bo`lsam chaqirarsiz. Ikki yosh xo`p deganicha stol ustidagi taomlarga qarashdi. Sardor ichi yonayotganini sezdirmay Moxichehraga so`z qotdi. -Qani Moxichehra olingchi, o`ziham qorin juda ochiqqandi. Xozir butun boshli buqani yeb yuborishga tayyorman. -Osh bo`lsin. Yeng, yeng, katta-katta yeng. Har holda siz erkak kishisiz. Moxichehra shu gaplarni aytgancha oldidagi taomdan bir-ikki yedi va gapida davom etdi. -Sardor aka aytingchi menga, nahotki sizday kelishgan, aqli joyida yigitning sevgani bo`lmasa, ishonish qiyin... Sardor kulib turgan ko`zlari, aslida ichida g`am-g`ussa yashirin nigohini Moxichehraga qaratib -Sevganim bor lekin unga qanday sevishimni aytishni bilmayapman. U sevgimni rad etishidan qo`rqaman. -Voy... Yog`e, shunday yigitning sevgisini rad qiladigan qiz bormikan. O`sha qizni menga ko`rsatingchi, o`zim bir gaplashib qo`yaman deganicha Sardorning yelkasiga bir urdi. -Mayli, aytgancha o`zingizdachi... -Nima o`zimda? -Ko`ngil qo`yganing bormi? -Ey jinnimisiz. Yoshmanu buning ustiga o`qishim bor. Yurakni jiz etadiganini uchratmadim hali (qiz bir kulib qo`ydi). U oxirgi gaaapini aytar-aytmas kulib yubordi. Uning aytgan gapilari Sardorning ko`nglidagi g`am bulutini bir muncha aritdi, ko`ngli yorishib taomni ishtaha bilan yeya boshladi. Gap-gap bilan tushlikni tugatishdi. Mo`jazgina kafedan chiqishdan oldin tushlik xaqqini xisob-kitob qilar ekan, do`stini qilgan ishidan xursand bo`ldi,
Download txt | fb2
1 2 >>
Home
0 / 7
waplogFireTop.su.EroTop.mobi