Hi, Guest!
Home
Login
》 Sekis video
Library | Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh
1 2 >>

Moxim... 9-qism. By rea1ist

Added:admin_bot (23.01.2019 / 01:27)
Rating:rating 5324 article (0)
Reads:178
Comments:Comments are closed
-Ex qani endi... Shirin hayollar og`ushida yurgan Sardorni Jasurning turtishi buzib yubordi. Ertalab o`rnidan barvaqt turgan Moxichehra kayfiyati a`lo darajada yuvinib bo`lib, yengilgina nonushta qildi. Undan keyin xonasini tartibga keltirib, kiyim jovonidagi deyarli barcha kiyimlarini u yerdan olib yotar karovati ustiga qo`ydi. Ularni birin-birin kiya boshladi. Unisi unday, bunisi bunday. Hech qaysi kiyimi o`zining ta`bi yoqmas edi ayni damda. Tanlay -tanlay kiyindi, yuzlariga oro berdi, o`zgacha bir hursandchilik ya`nikim sevgilisi, Sardor akasini ko`rish ishtiyoqida oliygoh tomon yo`lga chiqdi. Mana hash-pash deguncha oliygohda paydo bo`ldi. Davrozadan kiriboq gavjum talabalar ichidan o`z yorini qidirishga tushdi. Zebo ko`zlar axiyri qidirgan narsasini topdi. Topdiyu butun tana u tomon talpinar, nigohlarga undan o`zga inson, narsa-buyum ko`rimas... Go`yoki, ko`zlar orqali u bilan muloqotga kirishayotgan edi. Jasurning Sardor akasini turtib uni o`ziga qaratgani Moxichehrani ranjitgan bo`lsada, lekin na chora chidashga majbur... Istamaygina sevgilisidan nigohini olib dugonalari, talaba qizlar oldiga bordi. Ularning quyuq davrasiga qo`shilib ketdi. Lekin qalbi Sardor akasini ko`zlarida qolib ketgan edi. -Bo`ldi endi, namuncha... Ko`zlaring bilan uni yeb qo`ymoqchimisan. Qani ketdik undan ko`ra hakamlar hay`atini ro`yxatiga seni "plyus" qildirib qo`yaylik. Jasur Moxichehraga tikilib turgan Sardorni turtkilagancha tadbir o`tadigan katta zalga o`zi bilan olib ketdi. Hamma jim... Hammaning ichida bir savol... Kim g`olib. Katta zal ichiga yig`ilgan chamasi besh yuzlar kishining dilida shu savollar o`tayotganiga shubxa yo`q. Tanlov ajoyib bayramona shukhda o`tib, Respublikaning turli hududlaridan kelgan ellikga yaqin yosh mo`yqalam ustalari g`oliblik uchun bellashishmoqda edi. Shartlar yakunlanib hakamlar hay`ati g`oliblarni aniqlashda bir to`xtamga kelish uchun muzokara qilishmoqda. Mana tanlovning final bosqichi, g`oliblarni e`lon qilish vaqti ham keldi. Hamma jim, hammaning nigohi bir nuqtada..., bir qo`lida mikrafon, narigisida tanlov natijalari aks etgan papkani ko`targan kishida edi. Zalning o`rtasiga chiqib olgan biroz yoshi o`tgan o`zi oqdan kelgan, sochlariga anchagina oq oralagan lekin qaddini erkin ko`tarib turgan oliygoh direktorining og`zidan chiqadigan so`zlarga qaratilgan edi. -Xmmm... Hammaga xayrli kun tilab, sizlarni uzoq kutdirmagan holda tanlov natijalarini e`lon qilsam. Xullas uchunchi o`rin Mirsoatov Baxrombek, ikkinchi o`rin Allayorov G`ulom va oliy ya`ni birinchi o`rin Keldiyorov Sardor marhamat oldimga kelsinlar. Har bir yosh rassomning ism-sharifi yangraganda talabalarning gulduroz qarsaklariyu, xushtakbozlik yangrardi. -Qara Sardor oliy o`rin. Ko`rdingmi xumpar, men nima degandim..., qani aytsinlarchi... Ana endi oldinda seni Ostona shahri kutib turibdi. Ishonchim komil sen u yerdagilarning ham enasini emdurasan... Sardorni birinchi bo`lib tabriklagan Jasur uni zaldagi talabalar olomonidan o`tib taqdirlashgacha kuzatib qo`ydi. Diplom, gullar va estalik sovg`alar egalariga topshirilib undan so`ng navbat hokimyat tomonidan yuborilgan ashula va raqs ansanbiliga berildi. Hamma hursand, kayfiyatlar bayramona hammada. Sardorni o`zi bilgan-bilmagan talabalar g`oliblik bilan qutlashmoqda. -Tabriklayman Sardor aka va kelgusida zafarlar tilayman sizga. Quyuq tabriklarni qabul qilib olayotgan Sardorni sevgilisining ushbu qisqagina tabrigi o`ziga qaratdi. Mana uning kulib turgan chehrasi uning qarshisida. -Raxmat. Sizga ham tilaklaringiz hamnafas bo`lsin. Tabriklarni qabul qilgan Sardor o`ziga yaqin talabalar davrasida o`yinga tushib ketdi. Sal nariroqda talaba qizlar orasida unga har-harda nigoh tashlab qo`yayotgan sevgilisi u ham nigohini tashlar edi. Naqd ikki soatga cho`zilgan qo`shiqlar guldastasidan so`ng maktab direktori tadbir tugagani va hamma uy-uylariga tarqalishi haqida xabari talabalarning ta`bi xira qilgan bo`lsada, sekin-asta zalni tark etishib uylari tomon yo`l solishdi. Sardor kursdosh dugonalari bilan ketayotgan Moxichehrani bilagidan tutib, g`oliblikni nishonlash uchun unga hamrox bo`lish taklifini bildirdi. Qolgan ikki dugonasini ham taklif qildi. Shunda Moxichehra taklifga yo`q deb javob bersaham dugonalarining qistovi bilan rozi bo`lishi aniq edi. Darhaqiqat Sardor aytganidek bo`ldi. Moxichehraning ikki dugonasi ham biroz o`yinqaroq chiqishib taklifga jon deb ko`nishdi. Moxichehraning yo`q-yo`qlashiga qaramay uni ham ko`ndirishdi. Soat olti bo`lishiga o`n daqiqa yetmay turibdi. O`n yetti talaba Sardorning yutug`ini nishonlashga chiqishdi, uning shovvoz do`sti Jasur oliygoh yaqinginasidagi restoranga telefon qilib allaqachon joy tayyorlatib qo`ydi. Restoranda o`yin-kulgu yana davom etdi. Ikki oshiqga o`yin-kulguham, stol ustini bezab turgan noz-u ne`matlar, taomlar ham emas, ularga bir-birining visollarini ko`rib turish oliy ne`mat edi ayni damda. Soat millari kechgi to`qqizga borib qolganida talabalar restorandan chiqishdi. Osmonni qorong`ulik egallagan, yo`llarda har tomonga shoshilayotgan mashinalarning yongan chiroqlari ko`zni olardi. Hamma bir-biri bilan xayr-manzurni joy-joyiga qo`yishib o`z uylari tomon ravona bo`lishdi. Barcha qizlar yolg`iz ketishmadi. Xuddi "parochka"larday yigitlar qizlarni bittadan egallashib uylariga kuzatib qo`yishga kelishib olishdi. Restoran oldida faqatgina bir qiz va ikki yigit qolishdi. -E uzr do`stim sal qolsa hayolimdan ko`tarilibdi. Dadamlar kechga oldimga o`tgin degandilar... Bo`pti bo`lmasam man ketdim, balki dadamlarning oldilarida qolishim mumkin. Jasur shunday degancha ikki yoshni yolg`iz qoldirib ularning oldidan juftakni rostladi. Garchi uning yolg`oni unchalik ishonarli chiqmagan bo`lsada, Sardorga yoqib tushsa tushdiki aslo dili g`ashlanmadi. -Ketdikmi... Sardor dadillik bilan yo`l boshladi. Moxichehra unga itoatkorona buysunib uning yonginasidan yo`lga tushdi. U shundoqqina sevganining yonginasida ketmoqda. Sardor akasi tomon ich-ichidan talpinar, uning bag`riga otgisi kelar, lekin qandaydir kuch uni bunday qilishdan tiyib turardi. -Moxim... To`satdan yangragan Sardorning ovozi Moxichehraning nigohini o`zi tomon qaratdi. -Moxim... Biz albatta baxtli bo`lamiz. Bizning baxtimizga hech bir narsa, hech bir kuch to`sqinlik qila olmaydi. Sardor shu gaplarini aytganicha Moxichehraning qo`lini mahkam siqdida qo`yib yubordi. Ikki yoshning ham qalbida o`zgacha bir hissiyot otashi alanga oldi. Moxichehra siqilgan qo`lida andak og`riq turgan bo`lsada Sardorga yaqinroq kelib anchagina baquvvat bilagidan qo`lini o`tkazib uning yelkasiga boshini suyagancha keta boshladi. Yo`l bo`yi bir og`iz gapirmay kelishdi. Ikkisi uchun shu yurishning o`zi ancha narsadan a`lo edi. -Yetib keldik... Yelkasiga boshini qo`yib kelayotgan Moxichehraning qulog`iga Sardor astagina shivirladi. -Uyingizga yetib keldik... Qizning esa Sardorning qo`lini siraham quyib yuborgisi kelmasdi.
Download txt | fb2
1 2 >>
Home
0 / 11
waplogFireTop.su.EroTop.mobi