Hi, Guest!
Home
Login
》 Sekis video
Library | Maktab / kollej / sinfdosh / kursdosh

Moxim... Xotima. By Rea1ist

Added:admin_bot (23.01.2019 / 01:27)
Rating:rating 5322 article (0)
Reads:130
Comments:Comments are closed
Erta tong... Xavo ochiq, quyosh ilk nurlarini zamin uzra taratishiga pichagina vaqt bor. Bu vaqtga kelib alg`ov-dalg`ov tushlari sababli tinchgina orom ololmagan Moxichehra tuyqusdan alaxsirab yotgan joyidan ko`zlarini katta-katta ochgancha sapchib turdi. U hansiragancha tez-tez nafas olar, hozirgina bo`lib o`tgan voqealar hamon ko`z oldida gavdalanardi. Bularning barchasi tushi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun o`zini-o`zi bir chimdidi. "Og`riyapti, demak tush emas" -deya hayolidan o`tkazdi. Yotgan to`shagi yoniga qarar ekan Sardor akasi bir qo`li bilan yuzini yopganicha mazza qilib uxlab yotardi. -Allohga shukr, allohga shukr -deganicha tungi ko`ylagining ko`krak qismini ko`tarib bir-ikki tuf-tuflab qo`ydi. Keyin esa yuziga xushkayfiyat uchib kelib qo`ndiyu yonginasida bearmon yotgan Sardorning shirin uxlashiga hasadi kelib uni ham nozik joyidan bir chimdidi. Bexosdan dumbasidan sezilgan kuchligina og`riqdan ko`zlarini ochgan Sardor og`rigan joyini ushlagancha allaqachon o`rnidan turib olgan xotiniga savolomuz qaradi. -Tarvuz... Tarvuz yegim kelyapti. Tungi chiroq yonidan joy olgan soatga qarar ekan Sardorning yuzi beo`xshov bujmaydi. -Ufff, Moxi... jilla qursa soatga qaragin! -Nima qil deysiz (yolg`ondan arazlagan kishi bo`lib). O`zim uchun emas... Do`mboqqina bo`lib bilinib turgan qorniga ishora qilib uni silar edi. -Bo`pti, bo`pti... Telefonim qani? -Alo Jasur do`koningda tarvuz bormi? Xa, xa o`sha supermarketingda, kelinoying yana xunarini boshladi. Xozir boraman eng kottasini olib qo`ygin. Raxmat o`rtoq, raxmat. -Ana bo`ldi. -Nima bo`ldi..? -Jasurning anovi supermarketida sotiladigan tarvuzlarning oyog`i bor ekan o`zi uyimizga kelar ekan. -Hazilingiz qursin. Ushbu gapdan keyin Sardorning yelkasiga Moxichehra yengilgina shapati tarsaki tushirdi. -Ularda "dostavka"si ham bor ekan jonim. Kel o`zimni asalim, kelaqol. Sardor suyukli sevgilisi va shuning bilan birga vafoli yori bo`lmish Moxichehrani avaylabgina bag`riga bosar ekan uning qulog`iga astagina shivirladi: -Mening bukrisi o`ziga yarashgan Moximmm... Xulosa o`rnida shuni aytib o`tsam bu qissa sizga biron bir yangilik bermagan bo`lishi mumkin. Chunki bu kabi voqealar, hatto bundan battar voqealarni hayotda uchratib turamiz. Shunday ekan hammamizni allohning o`zi yomon ko`zlardan, qing`ir ishlardan saqlasin, Omin!
Download txt | fb2
Home
0 / 13
waplogFireTop.su.EroTop.mobi