Hi, Guest!
Home
Login
》 Sekis video
Library | Er xotin munosabatlari
1 2 >>

Agar oʻgʻil boʻlsa (hikoya)

Added:admin_bot (23.01.2019 / 01:25)
Rating:rating 5268 article (0)
Reads:144
Comments:Comments are closed
<span class="quote" style="display:block"><span style="font-weight: bold"><span style="color:#173bd3">Temirtosh Jayhun - Agar oʻgʻil boʻlsa (hikoya)</span></span></span> Qirqqa kirib qoldingiz, axir,&mdash; dedi zarda bilan xotinim.&mdash; Bundoq oʻzingiz haqida oʻylab, chekishni tashlasangiz boʻlardi. Bu zararli-ku!..&mdash; Shunday deb toʻngʻillagancha yonboshga oʻgirilib oldi. Qancha vaqt oʻtganiykin? Avval stulga yastanib oʻtirdim-da, oyogʻimni deraza tokchasiga uzatdim. Keyin gazetani ochdim &mdash; qachon, qay tarzda mizgʻiy qolibman? YOZNI betoqatlik bilan kuta-kuta toqatimiz toq boʻlgandi, xuddi mazax qilganday ertalab yana havo aynidi-qoldi. &mdash; Yoʻq, jonginam! Shunchaki sovqotibman. Oyogʻimni ushlagin, naq muz-a. Sovqotdim! Xotinim uxlolmay, u yoqdan-bu yoqqa agʻdarilganidan prujinalar gʻijirlardi. U jahl bilan teskari qarab, devorga oʻgirilib gʻujanak boʻlib yotib olgandi. &mdash; Sovqotdim, muzlab qoldimmish, voy, tavba-ey! Tamakining kasofatimasmi? Hammasi, yer yutkur, chekishdan! Oʻzingizni haliyam yosh, deb oʻylayapsiz, chogʻi... Tortishmay qoʻya qoling! Uygʻonganimda gazeta tizzamda yotardi, boshim koʻkragimga osilgan, boʻynim nomuvofiq oʻtirganimdan qotib qolgandi. Qancha mizgʻidim ekan? Turganimda tishim-tishimga tegmay takirlardi. Xonani koʻzdan kechirdim, stol usti betartib boʻlib yotardi. Shimim bilan kurtkamni yechdim. Oyoq uchida yurib yotoqxonaga kirdim. Pijamamni qidirib topdimda, chiroqni oʻchirdim. Yana oyoq uchida ehtiyotlik bilan yotoqxonaga kirib, paypaslay-paypaslay karavotni topdim &mdash; koshki, oʻngʻaygina boʻl-sa!&mdash;oʻringa sekingina yotdim. Pol va toʻshakning gʻi-jirlashidan xotinim uygʻonib ketdi. &mdash; Soat necha boʻldi? &mdash; Oʻn ikki yarim,&mdash; deya javob qildim tavakkaliga. Yotgan zahotim yoʻtal tutib qolsa boʻladimi! Tomogʻim qichishganidan, yoʻtalni toʻxtatishga holi qudratim qolmagandi. Koʻksim qisilishidan na nafas , ololaman va na nafas chiqara olaman. Binobarin, oʻpkamdan nolimayman. Nafasimni ichimga yutdim. Koʻksimda hech narsa ogʻrimayapti, shekilli. Yurak urishimga quloq tutdim. Xuddi soatdek urmoqda. Chuqur nafas oldim. Balki, xotinim haqdir. Balki teskarisidir. Har holda, haq boʻlsa kerak. Nafas yoʻllarim nikotin, zaharli qatron bilan zaharlangan shekilli. Nafasimni toʻxtatishga harakat qilib koʻrdim &mdash; qayoqda deysiz!&mdash; koʻksim yoʻtaldan tilka-pora boʻlayotganga oʻxshardi. Bu ikki yilmi uch yil avval boʻlgandi. Kechqurunlari qahvaxonalar hamda kvartallarni aylana boshladik. Meni, albatta, oʻsha zahotiyoq ishdan kavushimni toʻgʻrilab qoʻyishdi. Men ham boʻsh kelmay, xukumat sovetiga shikoyat qilib ariza berdim. Keyin oʻylanib qoldim, axir, ular haq-ku &mdash; ularni qoʻlidan hokimiyatlarini tortib olmoqchi boʻlyapsan-ku, tagʻin ishdan haydamasliklarini talab qilganingga oʻlaymi. Gʻirt bema&rsquo;nilik! Shunday yoʻlni tanlagan ekansan, jasorat koʻrsatib, temirdek sabr-toqat namunasini koʻrsata bil. Nima sababdan biz shunday qashshoqlikda yashayotganimizni ishchi hamda dehqonlarga tushuntirish lozim. Shunday qilib, kechqurunlari qahvaxonalarni aylanadigan boʻldik. Avvaliga qiyin koʻchdi, odamlar oldida gapirishga uyalardim. Xuddi qoʻzichoqlarga oʻxshab, nutq irod etayotganingda kiprik qoqmay qoʻloq osib oʻtirishadi. Koʻp oʻtmay, oʻrganib ketdim. Hammadan yomoni &mdash; gapirmasam turolmaydigan boʻlib qoldim. Mikrofonni qoʻlimga olishim bilan oʻzimni toʻxtatolmay, bulbuligoʻyo boʻlib ketaman. Nima haqda gapirganimni, xudo haqqi, keyin hecham eslolmayman. Nutq irod etayotganingda oʻzingni erkin his qilib, qalbingda shundayin jasurlik uygʻonadiki, oqibat natijasida hech narsadan choʻchimay, xayolingga kelgan narsani gapiraverasan. Bunday daqiqada inson, mening sezishimcha, jamiyat bilan chogʻishib ketganga oʻxshaydi va bu birlikni his qilganday boʻladi va unga hamma kuch, barcha jamiyatning qudrati oʻtayotganga oʻxshaydi. Kvartal qahvaxonasiga kirib boramiz-da: &laquo;Salom alaykum!&raquo;&mdash;deymiz. &laquo;Alaykum salom!&raquo; &laquo;Biz, quloq-chakkalaringga tegib ketgan anavi siyosatchilardan emasmiz, ogʻayni, bildingmi? Saylovda ovoz beringlar, degan niyatda kelganimiz yoʻq... Siyosat nima ekanligini bilasanmi? Siyosat bilan shugʻullanmaganman deyapsanmi?.. Endi siyosatni kim qilayotganini tushundingmi? Boylar!.. Ularda buning uchun pul-mablagʻ yetarlida!..&raquo; Shundan keyin odamlar choʻntaklaridan sigareta chiqarib, chin koʻngildan mehmon qila boshlashadi: &laquo;Menikidan chekib koʻrchi, afandi!..&raquo; Tutun bosgan, nikotin bilan zaharlangan qahvaxona devorlarida xoʻrandalarning boshlari uzra albatta tokcha boʻlib, unda materiya bilan .oʻralgan dinamikli &laquo;OGʻA&raquo; markali radiopriyomnik kattakon yashikda muzayyan turar, shundoqqina oʻchoqning tepasida esa, naq shiftga tiralgancha marshal Chaqmoq, Gʻozi Mustafo Kamol hamda &laquo;dunyoning birinchi goʻzali&raquo; Keriman Xolisning rangi oʻngib ketgan portretlari osilgan, kiraverishda esa umumdiqqatini jalb qilish maqsadida_ &laquo;Sildan qanday ehityot boʻlish lozim&raquo; degan plakat yopishtirilgan, bu avom xalqqa mansub qahvaxonalarda odamlar ularga koʻrsatilgan hurmatdan taajjublanishgancha seni oʻtkazib, mehmon qilish harakatiga tushib qolishardi. &laquo;Biz bilan choy iching, afandim Hoshim oʻgʻlim, bizga choy olib kel-chi&raquo;. &laquo;Menikidan chekib koʻr-chi, bey. YOKI, balki, bizning &laquo;Birinchi&raquo; navidan hazar qilasanmi?&raquo; Nega endi jirkanarkanmiz? &laquo;Birinchi&raquo;dan tutatamiz, undan keyin &laquo;Bafru&raquo;, soʻng &laquo;Byuyukkyulyub&raquo;... Endi &laquo;Kelidjik&raquo;. Yana bitta &laquo;Yangi xirmon&raquo;dan. Keyin yana &laquo;Byuyukkyulyub&raquo;. Yana &laquo;Birinchi&raquo;. Soʻng &laquo;Sipohiodjagʻi&raquo;. Yana &laquo;Ikkinchi...&raquo; Faqat ertalabga yaqin itdek charchab oʻringa choʻzilasanu xayolga botasan: necha stakan choy, qancha likob qahva ichib, necha pachka sigareta chekding-a? Nikotin, hamda kofeindan lablaring yorilib ketadi, xuddi ularga zahari olud surtilgandek. Natijada, uyqu ham harom. Xoʻrozlar qichqira boshlaydi, men esa u yonboshdan-bu yonboshga agʻdarilganim-agʻdarilgan... Xotinim haq... Bu yoʻtalim sovuqdan emas, sigaretadan. Chekishni tashlash vaqti yetdi. Nega endi? Nega endi chekishni tashlashim kerak ekan? Agar xotinimga quloq soladigan boʻlsam, darhol chekishni tashlashim kerak: birinchidan, ortiqcha xarajat, ikkinchidan, bunisi muhimroq &mdash; u buni ayniqsa ta&rsquo;kidlashni yaxshi koʻradi!&mdash; sigareta umrning egovi. Qon tomirlarini parchalaydi. Yurakni ishdan chiqaradi. U oʻpka rakini keltirib chiqaradi. Oshqozonni kasallantiradi. Lekin men bir qarorga kelolmayman, turmushing oʻngidan kelmagan ekan, yashash kerakmi yoki yoʻqmi? Qirqni ham urib qoʻydik. Ishdan darak yoʻq. Hammasi tasodifga bogʻliq! Faqat muvaqqat ish topishga muvaffaq boʻlaman. Qayoqqa bosh suqma, hammayoqda ham burningni tagida eshikni berkitib olishadi &mdash; axir, hammaga otning qashqasidek ma&rsquo;lumsan-da: &laquo;Xalqqa siyosat nimaligini tushuntirishga
Download txt | fb2
1 2 >>
Home
0 / 24
waplogFireTop.su.EroTop.mobi