Hi, Guest!
Home
Login
》 Sekis video
Library | Seksga aloqador qiziqarli faktlar
1 2 >>

Javobi bor...3

Added:admin_bot (22.01.2019 / 12:57)
Rating:rating 3713 article (0)
Reads:161
Comments:Comments are closed
Voqealar tizimi salgina tushunarliroq bo‘lmog‘i uchun, yigirma yil ortga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Karimjon o‘n besh yashar o‘spirin edi. Fasli yoz edi. Xo‘jalikdan o‘ttiz chaqirimcha olisda joylashgan, ko‘p yillar harbiy qism jangchilari tanklar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazgani sababli aholi orasida “tankodrom” nomi bilan mashhur uch yuz gektardan oshiqroq ulkan hudud o‘zlashtiriladigan bo‘ldi. Harbiy qism boshqa viloyatga ko‘chib ketgach, bu yerga tikilgan uch-to‘rt chaylaning bittasida Karimjon tengdoshlari bilan istiqomat qilardi. Ular bu yerga maktablik kiyimlari va darsliklar uchun uch-to‘rt so‘m pul ishlash ilinjida kelishgan edi. Ularning vazifasi haydalgan yerni tekislash, o‘tlarni chopish, yuzaga chiqib qolgan temir-tersaklarni terib, bir chekkaga yig‘ish edi. O‘smirlarga Akmal ismli qirqlarga borib qolgan, shu yoshida bezoriligi uchun ikki marta “o‘tirib chiqishga” ham ulgurgan, badaniga turli rasmlarni chizib tashlagan zo‘ravon battol naq eshakday keladigan “Baron” laqabli kuchugi bilan brigadirlik qilardi. Aftidan, xo‘jalik raisi ham bezori Akmalning uzoqroq yurishini istab shu yoqlarga surgun qilgandi... O‘, bu Akmal deganlarining xurmacha qiliqlari! Akmal brigadir Oliya ismli indamas xotini va o‘n to‘rt yashar qizi Nazokat bilan “tankodrom”ning narigi chekkasidagi chaylada yashardi. Tuni bilan aroq ichib, bo‘ralatib so‘kinib, uyidagilarni uxlatmay zit titratib chiqadigan bu hirsday baquvvat, buning ustiga to‘rva soqol qo‘yib, jundor yalang‘och ko‘kraginiyu badanidagi behayo rasmlarni namoyish qilganday faqat maykada yuradigan, ayniqsa butun yuzini kesib o‘tgan tirtig‘i yanada vahimali ko‘rsatadigan daroz Akmal aka odamga teshib yuborgudek tik qarab turaverar, mabodo o‘ziga nisbatan biron e’tirozni eshitib qolgudek bo‘lsa, darrov zalvorli mushtini ishga solib qolardi. Odatda, ichib olgan Akmal daroz (darvoqe, bolalar uni orqavoratdan “Ajal” deb chaqirishardi) tong saharda, hali quyosh ufqda yuz ko‘rsatmasdan kelib bolalarni uyg‘otardi. To‘g‘rirog‘i, u bolalarni uyg‘otib o‘tirmas, balki katta paqirda atay ko‘tarib kelgan muzday suvni ularning ustiga separdi... Ana shundan keyin bir-ikkita ortga qolganlarni Baroniga “ol-kish”latib o‘tirardi. Masxara shu bilangina tugab qolmasdi. Akmal daroz erinmasdan bolalarning ishini nazorat qilib yurar, birontasi sal dangasalik qilib qolsa, balo-qazoday uning ustiga bostirib borardi-da, qo‘lidagi quroli — yer haydash payti “tankodrom”dan topib olgan odam boldir suyagini azot ko‘targancha: — Seni o‘ldirib, shu yerga ko‘mib ketaman. Oradan ellik yildan keyin manavinga o‘xshab har joy-har joydan suyaklaring chiqadi! — deb bo‘kirardi. — Yo bo‘lmasa hozir o‘ldirib, go‘shtingni Baronga yediraman! Shunday lahzalari uning chaqchaygan, qon to‘lgan ko‘zlariga qarab turib ham Akmal daroz bu va’dasining ustidan chiqishiga ishonsa bo‘lardi. Brigadirning yana bir yomon odati bor edi: u odatda o‘ziga va kuchugiga alohida qozonda, sersuyak ovqat qildirardi. Akmal darozdan qolgan go‘sht va yarim qozon suyakning huzurini Baron ko‘rardi. Xullas, Akmal daroz bolalarni bir oy mobaynida quldek ezib ishlatdi... Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, oxiri bolalar kuchugi hamrohligidagi Akmalni ko‘rishsa bas, qaltiraydigan bo‘lib qolishdi. Ularning chekka- chekkadagi qo‘rqa-pisa shivir- shivirlariga qaraganda, Ajal hatto odamxo‘rlikdan ham qaytmas emish. Buni u qamoqxonada o‘rgangan emish... Darozga esa xuddi shu kerak edi. U battar quturib ketdi... Falakning g‘aroyib, qovushmagan ishlarini qarang! Mana shu badbashara Akmal daroz va umri kaltak yeyishda o‘tayotgan mushtipargina xotini Oliya opaning farzandi Nazokat... ertaklardagi pari misoli suluv edi. Oppoq yuz, kipriklari uzun-uzun, charos ko‘zli, silliq, yaltiroq sochlari taqimini o‘padigan Nazokat yovvoyi dalaga adashib tushib qolgan atirgul yoinki endi ochilib kelayotgan g‘uncha misoli ajralib turardi... Ablah Akmal daroz hatto shu qiziga ham qo‘l ko‘tarardi. O‘, Karimjonning o‘zi necha marotabalab ko‘rgan mushfiq qizning chekka-chekkada yum-yum yig‘lab o‘tirganlarini... Karimjon qizga chin dildan achinar edi. Ammo qo‘lidan achinishdan boshqa nima ham kelardi. Akmal daroz hammaning jonini olib qo‘ygan bo‘lsa... Karimjon qatorasiga uch kecha shu qizni tushida ko‘rib chiqdi. Sho‘rlik zor-zor yig‘lab, nuqul “Qutqaring...” deb yolvorarmish. Karimjonning bo‘lari bo‘ldi. U olisdan bir necha bor kuzatdi: qiz mung‘ayibgina yurardi... Buni ko‘rib yigitchaning yuragi battar o‘rtanib ketdi. Karimjon Nazokatni sevib qolgandi... O‘sha oqshom yana qizni tushida ko‘rdi. Lola yaprog‘iday munisa hamon zor-zor yig‘lar va Karimjonga “Qutqaring... qutqaring...” deya iltijo qilardi... O‘sha kuni Karimjonning qilayotgan ishi unchalik yoqinqiramadi shekilli, Akmal daroz uning boshida boldir suyagini o‘ynatgancha do‘q ura ketdi: — Kerak bo‘lsa men senga o‘xshagan Salimjon-nimjonlarni bir urib, yerning tagiga kiritib yuboraman! — Mening otim Karimjon, Salimjon emas... — titroq ovozda izoh berdi yigitcha. — Nima deding? Ko‘zlari olayib ketgan darozni jumlaning ma’nosi emas, yigitchaning gap qaytarishga jur’at etganligi quturtirib yubordi. U boldir suyagini azot ko‘tardiyu, Karimjonning orqasiga, umurtqa pog‘onasiga kuch bilan tushirdi. Yigit “ih” dediyu, gursillab yerga yiqildi. Qilgan ishidan mamnun daroz boldir suyagini o‘ynatgancha kuchugini boshlab chaylasiga qarab ketdi. Zarba yomon bo‘lgan ekan, Karimjon bir soatga yaqin o‘zini bilmay yotdi. Bolalar chuvillab uyoqqa chopishdi, buyoqqa chopishdi. Ammo ularning qo‘lidan nima ham kelardi. Nihoyat Karimjon ko‘zlarini ochdi. Kimdir chaylada qaydandir paydo bo‘lib olgan “aptechka”dan bitta termometr topib kelgan ekan, o‘shani darrov yigitchaning qo‘ltig‘iga qo‘yishdi. Ishqilib, Karimjon bir amallab o‘ziga keldi. U qo‘ltig‘ida muzdaygina bo‘lib turgan termometrni olib, unga hayron bo‘lib qarab turdi-da, so‘ng cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Baribir shu kuni u ishlay olmadi. Sal harakat qilsa bas, yelkasida,
Download txt | fb2
1 2 >>
Home
0 / 20
waplogFireTop.su.EroTop.mobi